Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp ma’muriyati Soros fondiga nisbatan yirik soliq tekshiruvini rejalashtirmoqda

Tramp ma’muriyati Soros fondiga nisbatan yirik soliq tekshiruvini rejalashtirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bir qator chap qanotga mansub notijorat tashkilotlariga nisbatan keng ko‘lamli soliq tekshiruvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ular orasida amerikalik milliarder Jorj Soros tomonidan tashkil etilgan xayriya fondlari, tashkilotlar va dasturlar tarmog‘i — «Ochiq jamiyat» fondi ham bor. Bu haqda New York Post o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Moliya vazirligi keng qamrovli audit rejasini ishlab chiqmoqda. Tekshiruv natijasida ayrim tashkilotlar soliq imtiyozlaridan mahrum qilinishi, shuningdek, katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Soros fondi bilan bir qatorda, Amerika-Islom munosabatlari kengashi — CAIR hamda Southern Poverty Law Center huquqni himoya qilish tashkiloti ham tekshiruvga tushishi mumkin.

New York Post manbalaridan biriga ko‘ra, AQSh Moliya vazirligi bu jarayonni oxirigacha yetkazish niyatida va chekinishni rejalashtirmayapti. Manba ayrim tashkilotlar va ularning donorlari uchun «kunlar sanoqli» ekanini ta’kidlagan.

2026 yil avgust oyida Donald Tramp Jorj Soros va uning o‘g‘lini mamlakatdagi norozilik namoyishlari vaqtidagi tartibsizliklarni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblab, ularni javobgarlikka tortishga chaqirgan edi.

Shuningdek, AQSh prezidenti Soros mamlakatdagi radikal chap qanot tashkilotlarini moliyalashtirishga aloqador bo‘lishi mumkinligini iddao qilib, unga nisbatan uyushgan jinoyatchilikka qarshi RICO qonuni doirasida chora ko‘rish zarurligini bildirgan.

Mazkur qonun ayrim holatlarda 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va moliyaviy sanksiyalar qo‘llashni nazarda tutadi.

Kiritildi: 13:19 29.08.2026. O'qildi: 430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!