Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp ma’muriyati Kubaga neft yetkazib berishni to‘xtatish maqsadida dengiz blokadasi joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

 Tramp ma’muriyati Kubaga neft yetkazib berishni to‘xtatish maqsadida dengiz blokadasi joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Tramp ma’muriyati Kubaga neft yetkazib berishni to‘xtatish maqsadida dengiz blokadasi joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — Politico.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Kuba rahbariyatini almashtirish maqsadida yangi choralarni, jumladan mamlakatga neft importini to‘liq cheklash variantini o‘rganmoqda.

Avvalroq The Wall Street Journal Tramp ma’muriyati Kuba hukumatiga yaqin doiralardan yil oxirigacha mamlakat rahbariyatini almashtirishga yordam bera oladigan odamlarni izlayotganini xabar bergan edi. Gazetaning qayd etishicha, AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish amaliyotini aynan shunday odamlar ishtirokida amalga oshirgan.

Kiritildi: Bugun 10:07. O'qildi: 172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!