Nashr manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy maxfiy ma’lumotlarni Kongressga yuborish uchun ishlatiladigan CAPNET tizimida axborot joylashtirishni cheklamoqchi.
Axios'ning yozishicha, Qo‘shma Shtatlar harbiy razvedkasining Amerika samolyotlari hujumlari natijalari bo‘yicha bahosi 23 iyun kuni CAPNET tizimida joylashtirilgan va atigi bir kundan so‘ng CNN telekanali hamda The New York Times gazetasi ushbu hisobotdan olingan ma’lumotlarni e’lon qilgan.
"Biz axborotni sizdirayotganlarga qarshi urush e’lon qilamiz", — dedi Oq uyda ishlovchi yuqori lavozimli manbalardan biri.
Uning aytishicha, Federal qidiruv byurosi ma’lumot sizib chiqishining holatlarini tergov qilishni boshlagan va razvedka hamjamiyati kelajakda tahliliy materiallarning matbuotga tarqab ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ma’lumot nazorati jarayonlarini qanday kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rayotganini bildirgan.