Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp ma’muriyati “AQSh fuqarolarini noqonuniy ushlab turgan mamlakatlar” ro‘yxatini joriy qilmoqchi

Tramp ma’muriyati “AQSh fuqarolarini noqonuniy ushlab turgan mamlakatlar” ro‘yxatini joriy qilmoqchi

Bu haqda CBS News xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, bu tizim “terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar” ro‘yxatiga o‘xshash tarzda ishlaydi. AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni bosim vositasi sifatida noqonuniy ushlab turayotgan mamlakatlarga qarshi choralar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hozirda Davlat departamenti amerikaliklarning xorijga safarlari uchun to‘rt darajadagi xavf mezonini belgilagan. Rossiya eng xavfli — to‘rtinchi darajaga (“sayohat qilmaslik”) kiritilgan.

Mazkur ro‘yxatda Eron, Afg‘oniston, Venesuela va Shimoliy Koreya kabi yana 20 mamlakat bor.

Kiritildi: 22:08 06.09.2025. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!