Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp kripto imperiyasini qurmoqda

Tramp kripto imperiyasini qurmoqda

Tramp media kompaniyasi bitkoin zaxirasini shakllantirish uchun 2,44 milliard dollarlik bitimni yakunladi.

Donald Tramp oilasiga aloqador va Truth Social ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Trump Media and Technology Group (TMTG) media kompaniyasi 2,44 milliard dollarlik xususiy joylashtirish tugallanganini tasdiqladi. Bitim doirasida 1,44 milliard dollarlik aksiyalar va 1 milliard dollarlik obligasiyalar joylashtirildi.

2,32 milliard dollarlik sof mablag‘ bitkoin zaxirasini yaratish va boshqa korporativ maqsadlarga yo‘naltiriladi. Trump Media rahbari Devin Nunes aytishicha, bu kelishuv kompaniyaga "o‘z strategiyalarini amalga oshirish uchun moliyaviy erkinlik" beradi hamda "kompaniya 3 milliard dollardan ortiq likvid aktivlarga ega bo‘ladi, aksiyadorlar esa bitkoindan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi".

Trump Media AQSh ommaviy kompaniyalari orasida eng yirik bitkoin egalari qatoriga kirishni maqsad qilgan. Kompaniya aksiyalarining 60 foizga yaqini Donald Trampga tegishli. Kompaniya uchun kriptovalyutani saqlash vazifasini CryptoCom birjasi va Anchorage Digital kustodial xizmati bajaradi.

Kiritildi: 23:48 30.05.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!