Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Kolorado shtati Kapitoliysida o‘rnatilgan suratidan norozi

 Tramp Kolorado shtati Kapitoliysida o‘rnatilgan suratidan norozi

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining Kolorado shtati qonunchilik majlisi binosida Amerika yetakchilari portretlari galereyasida namoyish etilgan, rassom Sara Bordman tomonidan chizilgan o‘z portretini tanqid qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hech kim yomon suratlar yoki «o‘zining yoqimsiz portretlarini» yoqtirmaydi.

«Ammo, Kolorado shtati kapitoliysida gubernator tomonidan prezidentlarning boshqa portretlari yonida ko‘rsatilgan tasvir ataylab buzib ko‘rsatilgan bo‘lib, men buni ilgari hech qachon ko‘rmaganman», deb yozgan Tramp.

Uning fikricha, Bordman «ehtimol, yoshi o‘tishi bilan o‘z iste’dodini yo‘qotgan».

Trampning qayd etishicha, xuddi shu rassom qalamiga mansub Obama portreti chiroyli chizilgan, ammo negadir amaldagi prezident hammadan yomon tasvirlangan.

Kiritildi: 11:52 24.03.2025. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!