AQSh prezidenti Donald Tramp agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, Vashington Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlashga tayyorligini bildirdi.
Amerika yetakchisi bu bayonotni Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Menimcha, biz yo ajoyib kelishuvga erishamiz yoki bu harbiy yo‘l bilan yakunlaymiz", dedi Tramp.
Uning ta’kidlashicha, muzokaralar asta-sekin rivojlanmoqda va AQSh diplomatik yo‘llar bilan kerakli natijalarga erishishni kutmoqda.
"Sekin-asta, lekin shubhasiz, biz kerakli narsaga erishmoqdamiz deb o‘ylayman. Agar biz bunga erisha olmasak, buni boshqa yo‘l bilan tugatamiz", deb ta’kidladi Oq uy rahbari.
Shu bilan birga, Tramp Tehron bilan kelishuvga erishishni afzal ko‘rishini ta’kidladi.
"Men kelishuvni afzal ko‘raman", deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.