Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp kelasi hafta Putinni Zelenskiy bilan ko‘rishtirmoqchi

Tramp kelasi hafta Putinni Zelenskiy bilan ko‘rishtirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni kutmoqda.

Bu haqda The New York Times manbalarga tayanib yozmoqda.

Nashrning yozishicha, Tramp chorshanba kuni Yevropa yetakchilari va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqoti chog‘ida o‘z rejalarini ma’lum qilgan. Suhbat chog‘ida Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Germaniya kansleri Fridrix Mers va NATO bosh kotibi Mark Ryutte, shuningdek, AQSh vise-prezidenti Djey Di Vens, Davlat kotibi Marko Rubio va Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff ham ishtirok etdi.

"Tramp Putin bilan uchrashishni va tez orada Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni kutmoqda”, — deyiladi maqolada.

Putin yoki Zelenskiy Trampning rejasiga rozi bo‘lganmi, hozircha aniq emas, deb yozadi gazeta.

Maqolada qayd etilishicha, Tramp bir necha oy davomida Putinga muzokaralar stoliga o‘tirish imkoniyatini berishga harakat qilmoqda. Ammo u yaqinda Rossiya rahbarini ochiqchasiga tanqid qilib, Uitkoff bilan qayta-qayta suhbatdan so‘ng shunchaki vaqt yutayotganini aytdi.

Trampning maxsus elchisining Moskvaga so‘nggi tashrifi Amerika yetakchisi Rossiyaga tinchlikka erishilmagani uchun ikkilamchi sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgan paytga to‘g‘ri keldi.

Kiritildi: 09:33 07.08.2025. O'qildi: 1154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!