Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: Kanada to‘liq Qo‘shma Shtatlarga qaram va suveren davlat bo‘la olmaydi

Tramp: Kanada to‘liq Qo‘shma Shtatlarga qaram va suveren davlat bo‘la olmaydi

Kanada butunlay Qo‘shma Shtatlarga qaram va shuning uchun suveren davlat bo‘la olmaydi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot xizmati jurnalistlari bilan suhbatda ma’lum qildi, deb yozadi “Report” TASS'ga tayanib.

Unga ko‘ra, AQSh har yili Kanadada 250 milliard dollar yo‘qotadi.

"Men buni bir kunda to‘xtata olaman va Kanada (mustaqil - tahr.) mamlakat sifatida mavjud bo‘lmaydi", dedi Tramp.

Tramp, Kanada yillar davomida Qo‘shma Shtatlardan o‘z manfaati uchun foydalanganini da’vo qildi. "Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Bizning subsidiyalarimizsiz Kanada haqiqatan ham mavjud bo‘lmas edi", - deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Tramp avvalroq Kanadaning Qo‘shma Shtatlar tarkibiga 51-shtat sifatida qo‘shilishi tarafdori ekanligini aytib, unga bu holatda harbiy va boshqa afzalliklarni va’da qilgan edi. Kanada rasmiylari, jumladan, Bosh vazir Jastin Tryudo, bu hech qachon sodir bo‘lmaydi, deb ta’kidladi.

Kiritildi: 22:36 26.01.2025. O'qildi: 1674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!