AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashmasligini ma’lum qildi.
Tramp bu haqda Amerika biznes-forumidagi nutqida ma’lum qilgan.
"Janubiy Afrikada G20 yig‘ilishi bo‘ladi... Men bormayman", dedi Tramp.
Bo‘lajak 20-chi G20 sammiti 2025 yil 21-22 noyabr kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi. Janubiy Afrika sammitga mezbonlik qiladigan birinchi Afrika davlati bo‘ladi.