Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Tramp jamoasi Eronni yadro qurolini yaratish imkoniyatidan mahrum etish uchun bir qancha variantlarni ko‘rib chiqqan.
Variant 1: Xarbiy bosimni kuchaytirish, Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlari, jangovar samolyotlari va kemalarini Yaqin Sharqqa jo‘natish.
Variant 2: Isroilga zamonaviy qurol-yarog‘, masalan, bunkerlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan bombalarni topshirish va bu qurol bilan Eronning yadro ob’ektlarini yo‘q qilishga urinish.
Variant 3: Xarbiy tahdid va joriy etiladigan yangi sanksiyalar bilan bosim uyushtirib, Tehronni diplomatik qaror qabul qilishga majbur qilish.