AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Eronga qilgan so‘nggi hujumiga AQShning aloqasi yo‘qligini aytdi.
Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
"AQShning Eronga bugungi hujumiga hech qanday aloqasi yo‘q edi. Biroq biz Eron va Isroil o‘rtasida bemalol kelishuvga erishib, bu qonli mojaroga barham berishimiz mumkin", - deydi nashr.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Eron AQShga qandaydir tarzda hujum qilsa, AQSh qurolli kuchlarining to‘liq quvvati unga “ilgari hech qachon ko‘rilmagan darajada” tushadi.