AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qilishicha, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv rejasining birinchi bosqichi imzolandi. Uning ta’kidlashicha, bu G‘azodagi urushni to‘xtatish sari katta qadam hisoblanadi.
Isroil HAMAS bilan kelishuv doirasida qo‘shinlarini kelishilgan chiziqlar ortiga olib chiqadi.
HAMAS urushni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azodan chiqarishni nazarda tutuvchi kelishuvga erishilganini tasdiqladi hamda Tramp va kafil davlatlarni uning ijrosini ta’minlashga chaqirdi.
Times of Israel yozishicha, HAMAS shanba kuni barcha tirik garovdagilarni ozod qiladi, ular evaziga 2 mingga yaqin falastinlik mahbuslar almashtiriladi (AFP).