Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Tramp: "Isroil va Eron urushni to‘htatadi"

Tramp: "Isroil va Eron urushni to‘htatadi"

Isroil va Eron jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin, ammo bu darhol amalga oshmasligi mumkin.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp “Katta yettilik” (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tadigan Kanadaga uchishi oldidan Oq uyning janubiy maysazorida jurnalistlar savollariga javob berar ekan, aytib o‘tdi.

"Umid qilamanki, Isroil va Eron o‘rtasida kelishuv bo‘ladi. Menimcha, kelishuv vaqti keldi", - dedi u. "Ammo ba’zida jang qilish kerak bo‘ladi", - deya qo‘shimcha qildi Tramp jangni davom ettirish imkoniyatini nazarda tutib.

Uning ta’kidlashicha, kelishuvga erishish uchun "barcha imkoniyat bor".

Prezident Vashington Isroilga mudofaa yordamini ko‘rsatishda davom etishiga ishontirdi. Tramp yahudiy davlatidan Eronga zarba berishni to‘xtatishni so‘ragani haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.

Vashington ma’muriyati rahbari avvalroq Eron va Isroil o‘rtasida tez orada tinchlik o‘rnatilishiga ishonch bildirib, ayni vaqtda shu maqsadda uchrashuvlar va telefon suhbatlari o‘tkazilayotganini ta’kidlagan edi. U tafsilotlarni keltirmadi.

Kiritildi: 07:20 16.06.2025. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!