Bugun 13 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Irlandiyaning Buyuk Britaniya tarkibidagi Shimoliy Irlandiya bilan birlashishini “judayam istashini” aytdi

Tramp Irlandiyaning Buyuk Britaniya tarkibidagi Shimoliy Irlandiya bilan birlashishini “judayam istashini” aytdi


AQSh prezidenti bunday fikrni Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Endi Bernhem Shimoliy Irlandiyaning Birlashgan Qirollik tarkibidan chiqishi bo‘yicha referendum o‘tkazish rejasi kun tartibida emasligini aytganidan ikki hafta o‘tib yangradi.

"Muammo tug‘dirmoqchi emasman, lekin to‘g‘risini aytsam, mamlakatning birlashishini ko‘rishni judayam xohlardim. Bu erta-indin baribir sodir bo‘ladi", — dedi o‘ziga tegishli kurortdagi golf turniri oldidan Irlandiya poytaxti Dublinga tashrif buyurgan Tramp jurnalistlarga.

"Albatta, Buyuk Britaniyaning ham bu bo‘yicha o‘z fikri bo‘ladi. Lekin bu ajoyib ish bo‘lardi deb o‘ylayman", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti Irlandiya bosh vaziri Mixol Martin bilan yonma-yon o‘tirgan holda.

1998 yilgi “Xayrli juma” kelishuviga ko‘ra, Shimoliy Irlandiyada referendum o‘tkazish huquqi Buyuk Britaniya hukumatiga tegishli. Agar Shimoliy Irlandiya aholisining ko‘pchilik qismi Irlandiya birlashishi uchun ovoz berishi ehtimoli yuqori bo‘lsa, mamlakat so‘rovnoma o‘tkazishga majbur.

Bu shartnoma birlashgan Irlandiyani xohlovchi irland millatchilari va Shimoliy Irlandiyaning Buyuk Britaniya tarkibida qolishini istagan unionistlari o‘rtasidagi o‘n yillik ziddiyatlarga chek qo‘ygan edi.

Aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar Shimoliy Irlandiyadagi aksariyat ko‘pchilik Buyuk Britaniya tarkibida qolishni ma’qullashini ko‘rsatmoqda. Lekin Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan beri bu farq biroz qisqardi. Irlandiya EI tarkibida qoldi. Shimoliy Irlandiya uchun esa orolda qat’iy chegara va savdo to‘siqlari paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida alohida kelishuvlar joriy etildi.

Kiritildi: 23:23 12.09.2026. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!