AQSh prezidenti bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
"Hindiston har doim harbiy uskunalarning asosiy qismini Rossiyadan xarid qilgan va Xitoy bilan birgalikda Rossiya energetikasining eng yirik xaridoridir. Barcha davlatlar Rossiya Ukrainadagi qirg‘inlarni to‘xtatishini istayotgan bir paytda – bularning barchasi yaxshi emas!" — deb yozdi Tramp.
Prezident, shuningdek, 1 avgustdan boshlab AQSh bilan savdo kelishuviga erishmagan barcha davlatlarga nisbatan, va’da berganidek, tariflar joriy etilishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Xitoy bilan savdo sulhini kecha yana 90 kunga uzaytirgan edi. Biroq Pekin Rossiya neftini import qilishdan voz kechgani yo‘q.