Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Hindiston-Isroil-AQSh savdo yo‘lini e’lon qildi

 Tramp Hindiston-Isroil-AQSh savdo yo‘lini e’lon qildi

AQSH-Hindiston savdo yo‘li Isroil orqali o‘tadi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida.

Trampning aytishicha, «AQSh ittifoqchilarini portlar, temir yo‘l liniyalari va dengiz osti kabellari bilan bog‘lash» uchun mo‘ljallangan yo‘nalish «Hindistondan Isroil, Italiya va undan keyin Qo‘shma Shtatlargacha» davom etadi.

Tramp AQSH, Isroil, Hindiston va boshqa davlatlar «tarixdagi eng buyuk savdo yo‘llaridan biri» ustida ish olib borishini qo‘shimcha qildi.

Isroilning KAN jamoat teleradiokompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalish Hindiston va AQShning Xitoyning savdo yo‘llariga ta’sirini minimallashtirish va Xitoyning «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbusiga qarshi turishga qaratilgan sa’y-harakatlarining bir qismidir.

Kiritildi: 07:02 18.02.2025. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!