Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp: "Hammasi men aytganimdek bo‘lyapti"

Tramp: "Hammasi men aytganimdek bo‘lyapti"

Tramp yana Federal zaxira bankini foiz stavkasini pasaytirishga chaqirdi.

"Benzin narxi hozirgina bir gallon uchun 1,98 dollargacha tushdi - bu so‘nggi yillardagi eng past ko‘rsatkich. Oziq-ovqat mahsulotlari (shu jumladan tuxum ham!) arzonlashdi, elektr energiyasi narxi pasaydi, ipoteka stavkalari kamaymoqda, aholi bandligi yuqori darajada - va yana ko‘plab ijobiy yangiliklar bor, chunki bojxona to‘lovlaridan milliardlab dollarlar kelib tushmoqda. Hammasi men aytganimdek bo‘lyapti va biz hozircha faqat O‘TISh BOSQICHIDAMIZ - hamma narsa endi boshlanmoqda!!! Iste’molchilar narxlarning pasayishini yillar davomida kutishgan edi. INFLYASIYa YO‘Q, FEDERAL ZAXIRA BANKI FOIZ STAVKASINI PASAYTIRISHI SHART!!!"
AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida shunday deb yozdi.

Kiritildi: 22:51 02.05.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!