Amerika prezidenti Donald Tramp hazillashib, Grenlandiya mudofaasi ikkita it qo‘shilgan aravadan iboratligini ta’kidladi.
Bu haqda u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.
- Bilasizmi, ularning mudofaasi nimadan iborat? Ikkita it qo‘shilgan aravada," deb ta’kidlab o‘tgan Tramp AQSh Grenlandiya yoki Daniyaga siyosiy taklif kiritgani haqidagi savolga javob berar ekan.
AQSh rahbarining qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda Rossiya va Xitoyning esmineslari va suv osti kemalari "hamma joyda".