Hili bu haqda Kiyevga tashrifi chog‘ida jurnalistning savoliga javoban aytdi.
Jurnalist Buyuk Britaniya mudofaa vaziridan "Agar siz dunyo davlatlaridan birining yetakchisini qo‘lga olish imkoniga ega bo‘lsangiz, kimni tanlardingiz?", deb so‘radi.
"Men Putinni hibsga olardim va uni qilgan barcha jinoyatlari uchun javob berishga majbur qilardim", — deya javob berdi Hili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq shunga o‘xshash savol Donald Trampga ham berilgan edi. AQSh prezidenti esa, bunga hojat yo‘qligini aytgandi.