Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

"Masjidlarga o‘t qo‘yish va tinch aholi o‘ldirish bu norozilik emas"

A A A
"Masjidlarga o‘t qo‘yish va tinch aholi o‘ldirish bu norozilik emas"

Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon aholiga iqtisodiy muammolarni har qanday yo‘l bilan hal qilishga va’da berdi.

"Biz muammolarni har qanday yo‘l bilan hal qilishga tayyormiz. Aholi tashvishlarini hal qilish bizning burchimiz, ammo bizning eng katta burchimiz tartibsizlikchilarning jamiyatni vayron qilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir", - dedi prezident televideniyeda.

Pezeshkiyonning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil iyun oyida Eron, Isroil va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi mojarodan beri "dushmanlar" Eronda tartibsizliklarni ham ichkaridan, ham tashqaridan avj oldirishga urinmoqdalar.

"Isyonchilar bozorlar va masjidlarga o‘t qo‘yib, tinch aholini o‘ldirmoqda. Bu norozilikmi? Bu o‘z ovozini eshittirishning qanday uslubi? Bu ishni qilganlar bu mamlakatning bir qismi emas. Eron xalqi ularni qabul qilmaydi", - deb ta’kidladi u.

Pezeshkiyonning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlardagi voqealar afsuslanarli. "Bizning mamlakatimizga hujum qilganlar (AQSh va Isroil) endi isyonchilarga nima qilish kerakligi haqida ko‘rsatmalar bermoqda", - dedi Eron prezidenti.

Shuningdk, Pezeshkiyon tinch aholining o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi va yoshlarni terrorizm va tartibsizliklarda ishtirok etishdan ogohlantirdi.

"Biz tinch norozilik namoyishlarini rasman tan olamiz va namoyishchilar bilan muloqotni o‘z burchimiz deb bilamiz. Biz mamlakat ichidagi barcha norozilik bildiruvchi partiyalar bilan uchrashishga tayyormiz", deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 22:07 11.01.2026. O'qildi: 1272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!