AQSh Demokratik partiyasi kongressmeni Ted Lyu omma oldida amerikalik harbiylarni AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyaga hujum qilish haqidagi ehtimoliy buyrug‘ini bajarmaslikka chaqirdi va bunday ssenariyni Kongress ruxsatisiz bajarish noqonuniy deb atadi.
"Agar Tramp Kongress roziligisiz Grenlandiyaga hujum qilishni buyursa, bu noqonuniy buyruq hisoblanadi. Unga bo‘ysunmang. Siz Trampga emas, Konstitusiyaga qasamyod qilgansiz", — dedi demokrat kongressmen Ted Lyu o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida.
Daily Mail nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi yuqori martabali qo‘mondonlar tashabbusga qarshi chiqmoqda, Trampning siyosat bo‘yicha maslahatchisi Stiven Miller esa uning asosiy tarafdori deb atalmoqda.