Minneapolisda AQSh Immigrasiya xizmati tomonidan ayol kishi otib o‘ldirilgani sababli minglab odamlar namoyishga chiqdi, deb yozmoqda Reuters.
Xabar berilishicha, norozilik aksiyasi paytida yo‘llar yopilgan, jiddiy to‘qnashuvlar qayd etilmagan. Norozilik aksiyalari Minneapolisdan tashqari Qo‘shma Shtatlarning boshqa shahar va hududlarda ham davom etmoqda.
7 yanvar kuni AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati (ICE) agenti Minneapolisda o‘tkazilgan reyd vaqtida 37 yoshli AQSh fuqarosi bo‘lgan ayolni otib o‘ldirgandi. Bundan tashqari, 9 yanvar kuni Portlendda ICE agentlari ikki kishiga o‘q uzib jarohatlagandi.
Qo‘shma Shtatlar Ichki xavfsizlik vaziri ayol ICE agentlarini mashina bilan bosib ketishga uringanini, shu sababli xodimlardan biri uni “o‘zini himoya qilish maqsadida” otganini bildirgan. Prezident Donald Tramp ham ushbu versiyani qo‘llab-quvvatlagan.
Minneapolis meri Jeykob Frey Tramp ma’muriyatining "agent o‘zini himoya qilish uchun o‘q uzgan" degan bayonotini qat’iyan rad etib, federal immigrasiya agentlarini shaharda tartibsizlik keltirib chiqarishda ayblabladi.
Bu voqealar Qo‘shma Shtatlarda immigrasiya siyosati, federal kuchlar va mahalliy hukumat o‘rtasidagi tarang munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.