Tramp Grenlandiyaga bostirib kirish rejasini tayyorlashni buyurdi — The Daily Mail.
Bu g‘oya Tramp ma’muriyatidagi Venesueladagi muvaffaqiyatli operasiyadan ruhlangan maslahatchi Stiven Miller boshchiligidagi “siyosiy lochinlar” tomonidan faol ilgari surilmoqda, deya qayd etadi gazeta.
Shu bilan birga, prezident Donald Tramp yuqori martabali harbiylarning qarshiligiga duch kelmoqda. Ular bu rejaning aqlga sig‘maydigan va qonunga zidligini aytishgan.
Manbalarga ko‘ra, generallar Trampning e’tiborini boshqa yirik harbiy operasiyalar, jumladan, Rossiyaning “soya floti”ni qo‘lga olish yoki Eronga zarba berish bilan chalg‘itishga harakat qilmoqda.
The Telegraph'ning manbalariga tayanib xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi Grenlandiya tufayli AQShga qarshi sanksiyalar ishlab chiqyapti. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar ostiga Meta, Google va Microsoft kabi AQShning texnologik gigantlari tushishi mumkin.