Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Garvardga bosimni kuchaytirmoqda

Tramp Garvardga bosimni kuchaytirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Garvard universiteti va antivoyen namoyishchilarni «antisemitizmni qo‘llab-quvvatlashda» ayblab, universitetga qarshi harakatlarni kuchaytirdi.

Ichki xavfsizlik vazirligi (DHS) Garvardga 2020 yildan buyongi falastinchi namoyishlarda ishtirok etgan talabalarga oid hujjatlar va elektron xatlarni talab qiluvchi povestka yubordi.

DHS rasmiysi Trisha Maklaflin:
«Garvard xorijlik talabalarga vizani suiiste’mol qilishga va kampusda zo‘ravonlikni targ‘ib qilishga yo‘l qo‘ydi», — dedi.

Garvard ma’muriyati bu talablarni asossiz va tazyiq deb baholadi, ammo hamkorlik qilishini ma’lum qildi.

Bundan avval Tramp ma’muriyati Garvardni moliyaviy mablag‘lardan mahrum qilgan va protestlarda qatnashgan talabalar va o‘qituvchilarni universitetdan chiqarishga urinishlar qilgan edi.

Shuningdek, 2025 yil 25 mart kuni turk aspirantkasi Ryumeysa O‘ztyurk terrorizmga aloqadorlik ayblovi bilan hibsga olingan, vizasi bekor qilingan edi. Ammo isbotlar taqdim etilmagan, va may oyida federal sud hibsni qonunga zid deb topib, Oztyurkni ozod qilgan.

Kiritildi: 13:00 10.07.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!