AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘zaro aloqalarga izoh berar ekan, muloqot kuchiga ishonishini ma’lum qildi.
Amerika yetakchisi bu haqda Oq uydagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.
Nashrning yozishicha, davlat rahbari G7 (Katta yettilik) davlatlari siyosatchilarini Rossiyani tashkilot tarkibidan chiqarish qarori uchun tanqid qilgan.
Trampning tushuntirishicha, g‘arblik ittifoqchilar ahmoqona ish qilishgan, chunki ular o‘z uchrashuvlaridagi vaqtning 90 foizini Rossiya haqidagi suhbatlarga sarflamoqdalar. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurolli mojarolarning mavjudligi muloqotdan voz kechish uchun sabab bo‘lmasligi kerak.
«Men hamma bilan gaplashish kerak, degan fikrdaman», — deya ta’kidladi Prezident.