Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp: "Fransiya AQShga Xitoydan yaxshiroq munosabatda emas"

Tramp: "Fransiya AQShga Xitoydan yaxshiroq munosabatda emas"

AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya rahbariyati o‘z mamlakatiga xitoyliklardan yaxshi munosabatda emasligini aytdi.

Oq uy rahbari Fox News telekanaliga bergan intervyusida o‘z fikrlarini bildirgan.

U Amerika hukumati xitoylik talabalarning Qo‘shma Shtatlarga o‘qishga kelishiga xalaqit bermasligini yana bir bor ta’kidladi.

"Men dunyo bilan til topishmoqchiman”, dedi Tramp. Bunga javoban mezbon xitoyliklar “fransuzlar emasligini” ta’kidlab, Xitoy hukumati “kuzatuv olib boradi” va AQShdan “intellektual mulkni o‘g‘irlaydi” deb da’vo qildi.

"Fransuzlar yaxshiroq deb o‘ylaysizmi? Haqiqatan ham? Men aytmoqchimanki, unchalik ishonchim komil emas. Fransuzlar bilan juda ko‘p muammolarimiz bor; ular bizning texnologiyamizga [mahsulotlarga] nohaq soliq solishdi, Amerika mahsulotlariga 25 foizlik soliq solishdi", deb javob berdi AQSh prezidenti.

Shuningdek, u ko‘plab ittifoqchilar AQSh bilan savdodan Xitoydan ko‘ra ko‘proq foyda ko‘rganini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:20 11.11.2025. O'qildi: 1060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!