AQSh prezidenti bu haqda 4 sentyabr kuni yevropalik yetakchilar va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan bo‘lgan telefon suhbati chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi nashr manbalarga tayanib.
Axios ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Yevropadan Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishni va Xitoy hukumatiga ham bosim o‘tkazishni talab qilgan. Tramp shunda Pekin ham Rossiya nefti va gazini sotib olishdan voz kechishini bildirgan.
Manbalardan birining aytishicha, Tramp Yevropa Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishi kerakligini talab qilgan.
Evropa Ittifoqi mamlakatlari Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiyadan neft va gaz xaridini keskin kamaytirdi. Ammo Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya o‘tgan yili Yevroittifoq davlatlariga yoqilg‘i sotishdan 1,1 milliard yevro daromad olgan.
Axios'ning qayd etishicha, Rossiya neftini Yevropa Ittifoqida asosan Vengriya va Slovakiya sotib olmoqda. Bu davlatlar Ukrainadagi urushga qaramay Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.