Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Yevropa Ittifoqiga import bojlari bo‘yicha pozisiyasini o‘zgartirmadi

Tramp Yevropa Ittifoqiga import bojlari bo‘yicha pozisiyasini o‘zgartirmadi

Amerika yetakchisi Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga nisbatan import bojlari to‘g‘risidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmayotganini aytdi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlarga aytgan.

"Men bitim tuzishga intilmayman. Biz shundoq ham 50% darajasida bitim tuzdik. Ammo, takrorlayman, agar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bu yerda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa, bojlar amal qilmaydi," - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

AQSh prezidenti ta’kidlaganidek, agar kimdir AQShda zavod qurish istagini bildirsa, Amerika hukumati qurilish davrini biroz kechiktirishni muhokama qilishi mumkin.

Kiritildi: 06:48 24.05.2025. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!