Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Yevropa Ittifoqi bilan “eng yirik” savdo bitimi bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi

Tramp Yevropa Ittifoqi bilan “eng yirik” savdo bitimi bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan Shotlandiyadagi uchrashuvida Yevropa Ittifoqi mahsulotlari importi uchun 15 foiz miqdorida yagona tarif yuzasidan kelishuvga erishilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari Qo‘shma Shtatlardan 750 milliard dollarlik harbiy texnika va energiya resurslarini xarid qiladi, shuningdek, Amerika iqtisodiyotiga 600 milliard dollar sarmoya kiritadi.

Bundan tashqari, Tramp Yevroittifoq davlatlari o‘z bozorlarini AQSh bilan nol tariflar asosida savdo qilish uchun ochishga va "ulkan miqdorda" harbiy texnika sotib olishga rozi bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Qayd etilishicha, po‘lat va alyuminiy importiga qo‘yilgan tariflar hozirgi 50 foiz darajasida qoladi, chunki bu bitim ushbu tariflarga taalluqli emas.

Reuters xabariga ko‘ra, Ursula fon der Lyayen tomonlar foydali bitimga erishganini bildirgan. Unga ko‘ra, AQSh bilan tuzilgan savdo bitimi har ikki tomonga barqarorlik olib keladi.

Kiritildi: 23:56 27.07.2025. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!