"Men Eron bilan muzokaralar olib borishni xohlamayman. Men kamida ularning to‘liq taslim bo‘lishini kutyapman", — dedi AQSh prezidenti.
Shu bilan birga, u Tehron bilan muzokara stoliga qaytishga tayyorligini ham bildirdi.
"Agar ular muloqot qilmoqchi bo‘lsa, men bilan qanday bog‘lanishni bilishadi. Ular stol ustidagi bitimni qabul qilishlari kerak edi — bu ko‘plab hayotlarni saqlab qolgan bo‘lardi!" — deb yozdi Tramp Truth Social tarmog‘ida.
Isroil matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Tehronga “oxirgi imkoniyat” taklifini beradi va agar rad etilsa, Vashington Eronga zarbalarga qo‘shilishi mumkin.