AQSh prezidenti Donald Tramp hozirda Eronga qarshi yer usti operasiyasini rejalashtirmayapti, ammo bu ehtimolni ham istisno qilmadi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Bu bizning hozirgi rejamizning bir qismi emas. Ammo prezident barcha variantlarni ko‘rib chiqmoqda", dedi u.