Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Eronga yangi yadroviy kelishuv taklif qildi

Tramp Eronga yangi yadroviy kelishuv taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 5 mart kuni Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiyga maktub yo‘llaganini va Tehronga yadroviy dasturini qisqartirish bo‘yicha yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qilganini aytdi.

"Men kelishuvga erishishni afzal ko‘rgan bo‘lardim", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasining ma’lum qilishicha, mamlakat hozircha "bunday maktublar"ni olmagan.

2015 yilda Eron yadroviy qurol ishlab chiqishdan voz kechish evaziga sanksiyalarning bekor qilinishi bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. Uch yil o‘tib, Trampning birinchi prezidentlik muddati davrida AQSh ushbu kelishuvdan chiqib, Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilgandi.

Kiritildi: 10:20 08.03.2025. O'qildi: 1841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!