Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp: "Eronga qarshi operasiyani tugatish to‘g‘risidagi qaror Netanyaxu bilan birgalikda qabul qilinadi"

Tramp: "Eronga qarshi operasiyani tugatish to‘g‘risidagi qaror Netanyaxu bilan birgalikda qabul qilinadi"

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operasiyani qachon tugatish haqidagi qaror Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan birgalikda qabul qilinishini ma’lum qildi.

Tramp bu haqda The Times of Israel nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Menimcha, bu qo‘shma qaror. Unchalik ko‘p emas", deb javob berdi Tramp, uni yakka o‘zi yoki Netanyaxu bilan birgalikda qabul qiladimi, degan savolga.

"Men qarorni o‘z vaqtida qabul qilaman, lekin hamma narsa hisobga olinadi", deb qo‘shimcha qildi Amerika yetakchisi.

Isroilning AQSh ishtirokisiz operasiyani davom ettirish ehtimoli haqida so‘ralganda, Tramp: "Menimcha, bu kerak emas", deb javob berdi.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!