Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Eronga $30 milliard ajratish rejasini rad etdi

Tramp Eronga $30 milliard ajratish rejasini rad etdi

AQSh Eronga faqat tinch maqsadlarda foydalaniladigan yadroviy ob’ektlar qurilishi uchun $30 milliard ajratishni rejalashtirayotgani yo‘q. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berdi.

🗣 «OAVdagi “yolg‘on yangiliklar”dan qaysi bir razil menga nisbatan “Prezident Tramp Eronga harbiy bo‘lmagan yadroviy ob’ektlar qurishi uchun 30 milliard dollar berishni xohlayapti” degan da’voni tarqatdi? Men bu absurd g‘oya haqida hech qachon eshitmaganman», — deb yozdi Tramp.

Avvalroq OAV xabar berishicha, AQSh ma’muriyati Eron bilan muzokaralarga qayta kelish maqsadida, Tehron uranni boyitishdan voz kechsa, tinch yadroviy dasturini rivojlantirish uchun $30 milliardgacha mablag‘ga kirish imkonini berishi mumkinligi haqida muhokamalar olib borayotgan edi.

Kiritildi: 22:46 28.06.2025. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!