Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp: "Eron yadroviy dasturini tekshirishga rozi bo‘lmadi"

Tramp: "Eron yadroviy dasturini tekshirishga rozi bo‘lmadi"

Eron o‘z yadroviy dasturini tekshirishga rozi bo‘lmadi va uranni boyitishdan voz kechmadi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentning Air Force One samolyoti bortida. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eronning yadroviy faoliyati to‘xtatilgan, biroq mamlakat dasturni boshqa joyda davom ettirishi mumkin.

Uning qayd etishicha, agar Eron yadroviy qurol ishlab chiqarishni boshlasa, jiddiy muammo yuzaga keladi. "Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz", deb ta’kidladi AQSh prezidenti.

Shuningdek, Tramp kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan Eron masalasini muhokama qilish niyatida ekanini aytdi.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!