AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Tehron o‘zining yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga qiziqmoqda. AQSh tomonidan Eronning yadroviy infratuzilmasiga uyushtirilgan zarbalarga qaramay, Tehron bunday muloqotga tayyor.
"Eron muzokaralar o‘tkazishni xohlamoqda. Biz esa shoshilmayapmiz. Ular bitim tuzish imkoniga ega edi, ammo bundan foydalanishmadi va biz ularning yadroviy ob’ektlarini bombardimon qildik", — dedi Donald Tramp.
Prezident, shuningdek, agar Tehron tashabbus bildirsa, Vashington muzokaralarga qaytishga tayyorligini ta’kidladi.