"Eron "Ozodlik loyihasi" doirasida harakatlanayotgan, nizoga aloqasi bo‘lmagan davlatlarning kemalariga, jumladan, Janubiy Koreyaning yuk kemasiga nisbatan bir qancha hujumlarni amalga oshirdi. Ehtimol, Janubiy Koreya uchun ham bu missiyaga qo‘shilish vaqti kelgandir! Biz yettita kichik qayiqni yoki ular aytganidek "tezyurar" qayiqlarni urib tushirdik.
Ularda faqat shular qoldi. Hozircha Janubiy Koreya kemasini hisobga olmaganda, bo‘g‘oz orqali o‘tishda hech qanday zarar ko‘rilmadi. Pit Hegset va Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Den Keyn ertaga ertalab matbuot anjumani o‘tkazadi", – deb yozadi AQSh prezidenti o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq Tramp, agar Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalarni kuzatib borayotgan AQSh kemalariga hujum qilsa, u "er yuzidan supurib tashlanishi" bilan tahdid qilgan edi.