Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Eron bilan muloqotga tayyorligini bildirdi

Tramp Eron bilan muloqotga tayyorligini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ummon sultoni Haysam bin Tarek Al Said bilan telefon orqali muloqotda Eron bilan muloqotga tayyorligini bildirdi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

"Albatta, Eronga qarshi maksimal bosim kampaniyasi davom etmoqda, biroq siz bilganingizdek, prezident Eron bilan muloqot va maslahatlashuvni ko‘rishni istashini ochiq aytdi, shu bilan birga Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘la olmasligini aniq aytdi. Prezident bugun muzokaralarni osonlashtirishga yordam bergan Ummon sultoni bilan gaplashdi", dedi u.

Kerolayn Livittning so‘zlariga ko‘ra, ikki yetakchi AQShning husiylarga qarshi davom etayotgan harbiy amaliyotlarini ham muhokama qilgan va Qizil dengizdagi kemalarga hujumlarini to‘xtatmaguncha, og‘ir narx to‘lashlarini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 12 aprel kuni Ummonda Tehron va Vashington vakillari o‘rtasida Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Eron delegasiyasiga tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi, AQSh delegasiyasiga Vittkoff boshchilik qildi. Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv konstruktiv va osoyishta ruhda o‘tgan va tomonlar maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib olgan. Muzokaralarning ikkinchi raundi 19 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:49 16.04.2025. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!