Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi

Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron atrofidagi vaziyatga to‘xtalib, mamlakat hukumati 837 kishini osish orqali qatl etmoqchi bo‘lganini eslatib o‘tdi.

Trampning ta’kidlashicha, AQSh tomoni bunga qat’iy e’tiroz bildirib, mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar haqida ogohlantirganidan so‘ng, Eron ushbu rejadan voz kechgan. U bu qaror doimiy bo‘lishiga umid bildirdi.

Shuningdek, Tramp Eronda vaziyat hanuz og‘irligicha qolayotganini qayd etib, ko‘chalarda odamlarga o‘q uzish holatlari mavjudligini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, AQSh prezidenti agar Tehron o‘z yadro dasturini qayta tiklasa, Vashington bunga javoban keskin choralar ko‘rishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 14:57. O'qildi: 606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!