AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan bo‘lgan bugungi suhbatini samarali deb atadi va Putin unga Novgorod viloyatidagi o‘z qarorgohiga nisbatan ehtimoliy hujum urinishi haqida xabar berganini ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, suhbat Mayami vaqti bilan soat 8:00 da (Grinvich vaqti bilan 13:00, Moskva vaqti bilan 16:00) bo‘lib o‘tgan.
💬 Bu menga yoqmadi. Bu yomon 💬, — deya CNN Trampning Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Florida shtatining Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi oldidan aytgan so‘zlarini keltiradi (avvalroq shu yerda Tramp Vladimir Zelenskiy bilan ham uchrashgan edi).
Tramp hujum haqidagi da’volar yolg‘on bo‘lishi, ehtimol umuman hujum bo‘lmagan bo‘lishi mumkinligini tan oldi, ammo shundan so‘ng bu haqda unga Putinning o‘zi aytganini qo‘shimcha qildi. Uning ta’kidlashicha, bu haqda u hozirgina bilib olgan va tafsilotlarni bilmaydi.
💬 Bu haqda menga kim aytganini bilasizmi? Prezident Putin. U ertalab qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini hujumga uchradim, dedi. Bu yomon, 💬 — dedi Tramp va hozir «bunday ishlar uchun eng mos vaqt emas»ligini qo‘shimcha qildi.