AQSh prezidentining parvoz jarayoni texnik muammolar tufayli kechikkan edi. Dastlab, prezidentning Air Force One samolyoti parvozdan ko‘p o‘tmay elektronika tizimi bilan bog‘liq muammo tufayli Qo‘shma Shtatlardagi Endryus aviabazasiga qaytdi. Shundan so‘ng, Tramp va uning jamoasi (taxminan 300 kishilik delegasiya) ikkita kichikroq samolyotda Shveysariyaga uchib ketdi.
Shveysariyada esa Trampga qarshi aksiyalar o‘tkazilmoqda. Campax harakati Davos tog‘larida AQSh prezidentining satirik tasvirini namoyish etgan, Alp tog‘larida esa “Qirollarga yo‘q” (“No Kings”) shiori yozilgan.
Bugun Qo‘shma Shtatlar prezidenti Davos Xalqaro iqtisodiy forumida nutq so‘zlaydi. Bundan tashqari Tramp forum doirasida davlat yetakchilari va yirik biznes rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.
Shuningdek, Donald Tramp payshanba kuni Tinchlik kengashi nizomini e’lon qiladi va kengash Xartiyasini imzolaydi.