AQSh prezidenti Donald Tramp Rubio tinchlik muzokaralari uchun Turkiyaga borishini ma’lum qildi:
"Muzokaralar shu hafta Turkiyada, ehtimol payshanba kuni bo‘lib o‘tadi va ular yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. Marko u erda bo‘ladi"
Avvalroq Ukraina prezidenti Putinga bosim o‘tkazishga umid qilib, Trampning o‘zini muzokaraga kelishga chaqirgandi:
"Menimcha, bu Putinni aralashishga yanada rag‘batlantirishi mumkin."
Oq uy bunga javoban Trampning Istanbulga tashrifi Putinning o‘zi Rossiya delegasiyasiga boshchilik qilgan taqdirdagina mumkin bo‘lishini aniq aytdi. Biroq Kreml rossiyalik diplomatlar 15 may kuni muzokaralar uchun Istanbulga borishini tasdiqlagan bo‘lsa-da, hozircha o‘z delegasiyasi tarkibini oshkor qilmadi.
Zelenskiy har qanday holatda ham Turkiyaga keladi. Biroq hozircha uning faqat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvi bor.