AQSh prezidenti Donald Tramp bugun Vashington bilan savdo shartnomalarini tuzmagan davlatlarga import bojlari joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolamoqchi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt jurnalistlarga brifing chog‘ida ma’lum qildi.
"U bugun tushdan keyin yoki kechki payt (mahalliy vaqt bilan) buyruqni imzolaydi. Bu qachon sodir bo‘lishini e’lon qilamiz va hujjatni matbuot xizmatimiz e’lon qiladi", - deya aniqlik kiritdi Levitt.
Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni Shotlandiyada jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Tramp Vashington bilan savdo shartnomasi tuzmagan davlatlar uchun 15-20 foiz boj to‘lovlarini belgilash niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.