Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp bojlarni muzlatganidan so‘ng ​​dunyoning 500 eng boy odamining boyligi 304 milliard dollarga oshdi

Tramp bojlarni muzlatganidan so‘ng ​​dunyoning 500 eng boy odamining boyligi 304 milliard dollarga oshdi

Donald Tramp bojlarni muzlatganidan so‘ng ​​dunyoning 500 eng boy odamining boyligi 304 milliard dollarga oshdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Agentlikning milliarderlar indeksi tarixidagi eng katta bir kunlik o‘sish kuzatildi. Eng keskin o‘sish Ilon Maskning boyligida qayd etildi, uning aktivlari bir kunda 36 milliard dollarga ko‘paydi. Tesla aksiyalari 23 foizga oshdi.

Ikkinchi o‘rinda 26 milliard dollar o‘sish bilan Meta rahbari Mark Sukerberg turibdi. Uchinchi o‘rindan esa 18,5 milliard dollarlik o‘sish bilan Amazon asoschisi Jeff Bezos joy oldi.

Tramp 9 aprel kuni bojlarni muzlatish haqida qaror qabul qilgunga qadar Tesla aksiyalari 2024 yil dekabrdan beri pasayib kelayotgan edi. Bu holat, shuningdek, Maskning Tramp jamoasidagi siyosiy faolligi bilan bog‘langandi.

The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Mask AQSh prezidentining import mahsulotlarga bojlarni oshirish qaroriga qarshi chiqqan va hattoki uning savdo maslahatchisi bilan ziddiyatga borgan.

Kiritildi: 16:58 10.04.2025. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!