Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp: Blokadaga yaqinlashgan har qanday Eron kemasi yo‘q qilinadi

Tramp: Blokadaga yaqinlashgan har qanday Eron kemasi yo‘q qilinadi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat dengiz blokadasi hududiga yaqinlashadigan Eron harbiy kemalari «darhol yo‘q qilinishi» haqida ogohlantirdi.

Ushbu bayonot Truth Social orqali e’lon qilindi.

«Agar Eronning qolgan kemalari blokadamizga yaqinlashsa, ular darhol giyohvand moddalar kontrabandachilari qayiqlariga qarshi qo‘llanadigan vositalar bilan yo‘q qilinadi. Tez va shafqatsiz tarzda», — dedi Tramp.

Prezidentning da’vosiga ko‘ra, Eronning 158 ta kemadan iborat dengiz floti deyarli to‘liq yo‘q qilingan va faqat bir nechta tezkor hujum kemalari saqlanib qolgan.

Kiritildi: 21:40 13.04.2026. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!