AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi prezident Jo Baydenni Ukrainaga Yaqin Sharq zarariga yordam bergani uchun qoraladi.
"Bizda yuqori texnologiyali qurollar bor va Bayden ularning ko‘pini ahmoqlik bilan, shunchaki tekinga tarqatdi. Men Ukrainaga qarshi emasman, lekin ular juda ko‘p narsani berishdi," - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.