Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Bayden avtopero orqali imzolagan barcha hujjatlarni “haqiqiy emas” deb e’lon qildi

Tramp Bayden avtopero orqali imzolagan barcha hujjatlarni “haqiqiy emas” deb e’lon qildi

Tramp Bayden avtopero orqali imzolagan barcha hujjatlarni “haqiqiy emas” deb e’lon qildi, bu AQSh Konstitusiyasiga zid.

AQSh prezidenti o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Jo Bayden prezidentlik muddatining so‘nggi oylarida avtopero (inson imzosini yuqori aniqlik bilan takrorlaydigan qurilma) yordamida imzolagan barcha hujjatlarni "haqiqiy emas" deb hisoblashini e’lon qildi. Trampning ta’kidlashicha, bu qaror barcha hujjatlarga, jumladan, afv etish to‘g‘risidagi qarorlarga ham tegishli.

Oq uy rahbarining fikricha, avtopero ishlatilgani qarorni prezidentning o‘zi qabul qilmagan bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Bayden esa o‘z vakolatlarining so‘nggi oylarida avtopero ishlatganini inkor etmaydi, biroq barcha qarorlarni shaxsan o‘zi qabul qilganini ta’kidlaydi.

"Tramp Baydenga nisbatan bunday e’tirozlarni birinchi marta bildirmayapti. Avtopero esa boshqa prezidentlar tomonidan ham qo‘llanilgan. Ulardan ayrimlari, jumladan Trampning o‘zi ham, afv etish haqidagi hujjatlarga imzo qo‘yishda avtopero ishlatgan. 2005 yilda AQSh Adliya vazirligi prezident avtopero foydalanishi qonuniy ekanini rasman tushuntirgan edi", deya yozmoqda BBC.

AQSh Konstitusiyasi amaldagi prezidentga o‘zidan avvalgi prezidentning qarorlarini ommaviy tarzda bekor qilish huquqini bermaydi, deya qayd etdi Axios.

Kiritildi: Bugun 17:37. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!