Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp atrofidagilar kriptovalyuta va ko‘chmas mulk orqali yuz millionlab dollar ishlagan

Tramp atrofidagilar kriptovalyuta va ko‘chmas mulk orqali yuz millionlab dollar ishlagan

AQSh prezidenti Donald Trampning oilasi va uning hamkorlari kriptovalyuta investisiyalaridan 320 million dollar oldi va xorijiy ko‘chmas mulk bilan ko‘p milliard dollarlik bitimlar tuzdi.

Bu haqda The New York Times yozmoqda.

"Faqat so‘nggi bir necha oy ichida Tramp oilasi va uning biznes hamkorlari yangi kripto loyihadan 320 million dollar komissiya oldi, milliardlab dollarlik ko‘chmas mulk bilan xorijiy bitimlar tuzdi," - deyiladi materialda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti atrofidagilar Vashingtonda Executive Branch nomli xususiy klub ochishni ham rejalashtirmoqda. Aniqlik kiritilishicha, yangi klubga kirish badali $500 mingni tashkil etadi.

"Tramp oilasi hokimiyat tepasida o‘tkazgan vaqtdan foyda olishga qaror qilgan birinchi prezident oilasi emas, ammo ulardan oldin hech kim prezidentlikni bu darajada monetizasiya qilmagan," - deya ta’kidlaydi gazeta.

Kiritildi: 16:13 26.05.2025. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!