AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp atrofida Moliya vazirligi rahbari lavozimi uchun kurash kuchaydi.
Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
"So‘nggi kunlarda moliya vaziri lavozimi uchun kurash keskinlashdi, bu esa o‘zaro nizolar va tartibsizliklardan qochishga harakat qilgan saylangan prezidentning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin," - deyiladi xabarda.
Agentlik bu lavozimga investor Skott Bessent va Trampning o‘tkazish guruhi rahbarlaridan biri Govard Latnikni asosiy da’vogarlar deb ataydi.